p 5 , I BOBOQSILLAR VA ULARNING FUNKSIYASI
RIBOSOMA (BOBOQSILLAR) = Ribosomes (plural form in Uzbek)
VA = and
ULARNING = their/of them
FUNKSIYASI = function/functions
Oqsillarning tirik tabiatdagi muhim ahamiyatini hisobga olib,
Oqsillarning = of proteins (genitive case)
tirik = living/alive
tabiatdagi = in nature (locative case)
muhim = important
ahamiyatini = significance/importance (accusative case)
hisobga olib = taking into account/considering
shuningdek, oqsillarning tirik organizm massasining yarmini tashkil
shuningdek = also/likewise/furthermore
oqsillarning = of proteins (genitive case)
tirik = living/alive
organizm = organism
massasining = of the mass (genitive case)
yarmini = half (accusative case)
tashkil = constitute/form/make up
etishi va qator ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lishi, oqsil strukturasi va
funksiyasini tushunish, biologiya va tibbiyot uchun muhim
muammolarni yechishda asos bo‘lishi, tibbiyot institutlarida biokimyo
kursini o‘rganishni – shu sinf, organik moddalardan boshlashni taqozo
etadi.
Tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan turli-tuman va juda ko‘p
funksiyalarni oqsillar bajaradi, biz ularning ba’zilari bilan kursni
o‘rganish davomida tanishamiz.
Shved kimyog‘ari I.Ya.Berselius 1938-yilda azot saqlovchi organik
birikmalarni o‘simlik va hayvon to‘qimalaridan ajratib olib, uni
proteinlar deb nomlagan (grekcha protos – birlamchi, muhim
demakdir).
Hozirgi tibbiyot adabiyotlarida azot saqlovchi yuqori molekulali
birikmalarni oqsillar deyiladi. Oqsil termini – tuxum oqsilini
qizdirilganda oq rang hosil bo‘lishiga asoslangan. Oqsillar har qanday
tirik organizm to‘qimasining asosiy qismi hisoblanib, to‘qimada
bo‘ladigan turli jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Oqsillar tirik
organizmlar ham strukturasi, ham funksiyasining asosini tashkil etadi.
Molekulyar biologiya asoschilaridan bo‘lgan F.Krikning ta’biri
bo‘yicha, oqsillar juda muhim moddalar bo‘lib, turli funksiyalarni juda
yengil va nozik bajarishlari mumkin. Tabiatda taxminan 1010-1012 turli
oqsillar bo‘lib, 106 turli tirik organizmlar, viruslardan boshlab
odamgacha, faoliyatini ta’minlab beradi. Bugungi kunda, ko‘p sondagi
tabiiy oqsillardan juda kam qismining tuzilishi va strukturasi aniqdir.
Har bir organizm o‘ziga xos oqsillar to‘plami bilan xarakterlanadi.
Fenotipik belgilar va funksiyalarning turli-tumanligi bu oqsillarning
spetsifikligi, ko‘pchilik holda multimolekulyar strukturaga ega bo‘lishi
bilan belgilanadi.
